Millionlab odamlar kasallandi, yuz minglab inson vafot etdi va etmoqda, dunyo iqtisodi to’xtamoqda, millionlab insonlar uylaridan tashqariga chiqa olmay, kuchli ruhiy bosim ostida. Bularning hammasi – Xitoy Xalq Respublikasida yil boshidan dunyoga tarqay boshlagan yangicha korona virusi tufayli. Xosh, shunday ekan, ushbu virusning ilk o’chog’i bo’lgan Xitoy suvdan quruq chiqib ketaveradimi? degan savol tabiiy ravishda dunyoning turli davlatlarida yangramoqda.[i] AQSh siyosatchilari esa buni ochiq tilga olishmoqda.[ii] Xitoylik xalqaro huquqshunoslar bunga qarshi raddiya berayotgan bo’lsalar,[iii] boshqa mutahassislar esa bunday Xitoyni javobgarlikka tortish imkoniyati borligiga ishora qilishmoqda.[iv]
Xitoyga nisbtan da’vo qilmoqchi bo’lgan har qanday davlat avvalo faktlar orqali Xitoyning xalqaro huquqiy normalarga zid harakatini isbotlab berishi talab etiladi. Shunday ekan, tortishilishi lozim bo’lgan asosiy masala – Xitoy virus haqida dunyoni o’z vaqtida ogohlantirdimi(?) degan joyda yotadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti(JST)ning sog’liqni saqlashga doir xalqaro qoidalar (International Health Regulations) 2007 yilda 196 mamlakat uchun kuchga kirgan va ushbu qoidalar yuqumli kasalliklarning chegaralar osha yoyilishini oldini olishga oid qoidalarni belgilab beradi.[v] Ushbu qoidalarning 6-moddasiga ko’ra, virus chiqqan davlat u haqda xalqaro hamjamiyatga daxldor bo’lgan ommaviy salomatlikka oid favqulodda holat(public health emergency of international concern )ni tezlik bilan habar berishi kerak. 2000 yillar boshida SARS kabi virus muammosiga duch kelgan Xitoydan albatta tezkorlik bilan xabar berish talab qilinardi. Ma’lumotlarag ko’ra, COVID-19 simptomi bilan kasallanganlar 2019 Noyabr ohiridayoq paydo bolgan, 2019 8-Dekabrda esa shu kasallik bilan tashhis qoyilgan bemor aniqlangan. Lekin dunyo davlatlariga Xitoy hukumati 2020 yil 21-Yanvar kuniga kelibgina xabar berdi. Garchi Xitoy hukumati o’z vaqtida, shaffoflik bilan harakat qilinganligini takidlab kelayotgan bolsada, o’tgan yil Dekabr oylaridan boshlaboq Wuhandagi doktorlar tomonidan muammoning bong urilishiga Xitoyning ko’z yumganligi haqida ham fikrlar mavjud. Agar da’vo qo’zg’atmoqchi davlat ushbu faktlarni etarlicha isbotlab bera olsa, keyingi bosqichda esa o’sha davlat Xitoyning shunday xalqaro huquqiy noto’g’ri harakati va o’zining hududida kelib chiqqan zarar aloqasini ko’rsatib bera olishi kerak.