・San-Marino O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 136-davlat bo‘ldi
Joriy yil 3 fevral kuni O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolni rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Izoh: demak bundan xulosa shuki, BMTga a’zo bo’lgan barcha davlatlar ham bir-birlari bilan diplomatic aloqani boshlamaydilar. Bu albatta, siyosiyi, iqtisodiy va boshqa sabablar tufayli boshlanadigan jarayon hisoblanadi. Bundan tashqari, O’zbekiston bilan diplomatic aloqalarni tiklagan barcha davlatlarda ham bizning elchihonalarimiz mavjud emasligini unutmaslik darkor.
・Fuqarolik olish tartibi o‘zgaradi: O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olish bo‘yicha talab bekor qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Dasturga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Dastlabki loyihaga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan boshlab O‘zbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek, 15 yil davomida mamlakatda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilish nazarda tutilgan edi.
Davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18–28 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi hamda undagi fuqarolik olishni istagan shaxs O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olgan bo‘lishi kerakligi haqida talab olib tashlandi. Loyihani amalga oshirish muddati – 2021 yil 1 may. Dastur ijrosi uchun Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul etib belgilandi.
Izoh: bu orqali O’zbekiston davlati fuqarosizlik muammosiga kurashish yo’lidagi xalqaro huquqiy amaliyotini yana bir bor yuqori darajaga ko’taradi. Chunki, fuqarosiz insonlar huquqi himoyasi ham xalqaro huquqning uzviy muammolaridan biri hisoblanadi. Ammo, buning orqasidagi sabab nima ekanligi shaxsan men uchun juda ham qiziq. Yuqori darajadagi xalqaro standardlar bilan uyg’unlashishmi yoki boshqa ichki sabablar ham bormi? Eng muhimi, fuqarolikni olish uchun doimiy va aniq bir tartibning joriy etilishi huquq ustuvor bo’lgan davlatlarga xos an’ana bo’lib, foydalari juda ham ko’p.
・“Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro forumi onlayn shaklda o‘tkaziladi
2021-yilgi davlat dasturiga muvofiq, “Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro forumi onlayn tarzda o‘tkaziladi. Uning muddati 1 aprel etib belgilangan, biroq tashkiliy jihatdan forum sanasi o‘zgarishi ham mumkin. O‘tgan yilgi forum pandemiya sabab qoldirilgan edi.
Izoh: O’zbekistondagi islohotlarni dunyoga tanishtirish, mutaxassislardan fidbeklar olish, networking qilish yo’lida Adliya vazirligi 2 yil oldin boshlagan Tashkent Law Spring forumi muhim anjumanlardan biri. Qozog’istonda ham iqtisodiy sohada bunday alternativ mavjud.
Ushbu forumni doimiyb o’tkazish tarafdoriman. Chunki, bunda an’ana shakllanib, Adliya vazirligi tizmidagi hodimlar, sud-huquq organlarida katta tajriba to’planadi. Faqat masalaning eng muhim tarafi, uni faqatgina shouga aylantirmay, davlat va jamiyat uchun eng manfaatli tarzda qanday foydalansa bo’ladi? degan joyda yotadi.