Photographer: Andrey Rudakov/Bloomberg
Rossiya 2021 yil 17-dekabr kuni “Rossiya Federatsiyasi va NATOga a’zo davlatlar o’rtasidagi xavfsizlikni ta’minlash choralariga oid Shartnoma” matnini e’lon qildi va quyidagi uch asosiy talablarni qo’ydi:
- NATO 1997 yilning May oyidagi holatga qaytishi va undan keyin joylashtirgan askarlar va qurollarni olib chiqib ketishi (4-modda),
- Taraflar o’zlarining hududlarida bir-birlarining hududlariga yetib boruvchi o’rta va qisqa hajmli raketalarni joylashtirmasligi (5-modda),
- Ukraina va boshqa davlatlarga alyansning kengaymasligi (6-modda),
- NATO a’zolari Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va O’rta Osiyo davlatlarida hech qanday xarbiy amaliyotlarni amalga oshirmasligi lozim(7-modda).
Xullas, Rossiya yuqoridagi masalarni bitim orqali hal etish orqali huquqiy kafolot berilishini talab qildi, unig shartlariga AQSh boshliq kollektiv G’arb ko’nmagach esa Ukrainaga agressiyasini boshladi.
Aytish kerakki, NATOga a’zolik uchun uning barcha, ya’ni 30 ta a’zoi davlatining roziligi talab etiladi. Rossiya ham o’zining talablari oshib ketganligini sezdi shekilli, 2022 yil 19-yanvar kuni AQShga NATOning sharqqa kengaymasligi bo‘yicha kafolat berish o‘rniga Ukraina va Gruziyaning alyansga kirishiga ovoz bermaslik majburiyatini olishni taklif qildi. Bu orqali Rossiya talabini biroz yumshatgan holda, Ukraina va Gruziyaning NATOga qo’shilishi bo’yicha AQShning veto qo’yishini talab etdi. Shundan keyin hali ochiqlanmagan, AQShning Rossiyaga yuborgan yozma javob Putinni qoniqtirmagach, urush boshlandi.
Maqolam obyekti aslida bu emas – asosiy masala bu Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan 17-dekabr 2021 yildagi bitim loyihasining 6- va 7-moddalari hisoblanadi. Ushbu moddalarda Rossiya davlati quyidagilarni talab etdi:
Article 6
All member States of the North Atlantic Treaty Organization commit themselves to refrain from any further enlargement of NATO, including the accession of Ukraine as well as other States.
Article 7
The Parties that are member States of the North Atlantic Treaty Organization shall not conduct any military activity on the territory of Ukraine as well as other States in the Eastern Europe, in the South Caucasus and in Central Asia.
In order to exclude incidents the Russian Federation and the Parties that are member States of the North Atlantic Treaty Organization shall not conduct military exercises or other military activities above the brigade level in a zone of agreed width and configuration on each side of the border line of the Russian Federation and the states in a military alliance with it, as well as Parties that are member States of the North Atlantic Treaty Organization.
Bu yerda bir necha huquqiy muammolar mavjud. Birinchisi, Rossiyaning O’rta Osiyo davlatlarini roziligini ham olmay turib, ularning o’rnidan AQSh boshliq NATOga ba’zi shartlarni qo’yish hisoblanadi. Keling, nazariy jihatdan fikrlab ko’raylik. KXSHT a’zolarini tushunsa bo’ladiku-ya, ammo unga a’zo bo’lmagan O’zbekiston kabi davlatlarnign holati biroz boshqacha. Agar shunday shartnoma NATO va AQSh o’rtasida tuzilsa, bu shartnoma O’zbekistonga bir tomonlama NATOga qo’shilmaslik va NATO a’zolari bilan o’zining hududida xarbiy mashg’ulotlar o’tkazmaslik majburiyatini yuklaydimi?
Shartnomalarga oid “Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi” Vena Konvensiyasining 35-moddasida so’z yuritilayotgan shartnomaning unga taraf bo’lmagan davlatga majburiyat yuklashi paytida o’sha uchinchi davlatning yozma roziligi talab etiladi. Shunday ekan, agar G’arb va Rossiya bunday shartnoma tuzsada (bunday keyin tuzilishi ham o’ta qiyin), O’zbekiston kabi sobiq Sovetlar hududiga davlatlarning yozma roziligisiz, ularga bunday shartnomalar kuchi tadbiq etilmaydi.
Birinchi masala nazariy jihatdan muhim bo’lsada, boshqa tomondan O’zbekistonning Rossiya federatsiyasi bilan 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik to’g’risidagi shartnomasining 5-moddasiga ko’ra,
Tomonlar boshqa Tomonning suverenitetiga, xavfsizligiga va hududiy yaxlitligiga ziyon keltiruvchi har qanday xatti-harakatlarni, shu jumladan, uchinchi davlatlar bilan shartnomalar tuzishni amalga oshirmaydilar. Hech qaysi Tomon o‘z hududining uchinchi davlatlar tomonidan boshqa Tomonning davlat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga ziyon keltirgan holda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu shuni anglatadiki, O’zbekiston tomoni Rossiyaning strategik va xarbiy hamkori sifatida o’zining hududiga Rossiya tomonidan xavf sifatida qaraluvchi tashkilotlar va davlatlar xarbiylari qo’ymaydi, texnologiyalarni joylashtirmaydi va ularga qo’shilmaydi. Shunday ekan, garchi maqolaning mavzusi biroz nazariy darajada qoladigan bo’lsa ham, xalqaro huquqiy nuqtai nazardan uni har tomonlama aniqlab qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi.