O’zbekiston qarshi ovoz bergan rezolyutsiyada BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi ishtirokini to‘xtatdi (2022/04/07) 

BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

93 davlat ushbu rezolyutsiyani ma’qullab ovoz berdi, 24 davlat rezolyutsiya qabul qilinishiga qarshi chiqdi va 58 davlat betaraf qoldi. O’zbekiston qarshi ovoz bergan davlatlar ichida.

Hujjat loyihasi G‘arb mamlakatlari tomonidan tayyorlangandi.

Ma’lumot berilishicha, Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi o‘rnini saqlab qoladi, biroq ovoz berish huquqi va chiqish qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.  

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining vazifasi inson huquqlarini himoya qilishdan iborat. Kengash 2006 yilda Inson huquqlari bo‘yicha komissiya o‘rniga tashkil etilgan.

Taklif etiladigan maqolalar

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *