O‘zbekiston Ukrainaga insonparvarlik yordami jo‘natdi, birinchi urinishda samolyot qaytib kelganligiga oid xabarlar chiqqandi (2022/04/11)

Foto: Karpatorti viloyati ma’muriyati

Kun.uz nashriga ko’ra, Ukraina g‘arbidagi Karpatorti viloyati O‘zbekistondan 34 tonnadan ortiq miqdordagi insonparvarlik yordamini qabul qildi. Uning tarkibi – dori-darmonlar, individual aptechka va uzoq muddat saqlanuvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat.

Ukraina 8 aprel kuni O‘zbekistondan insonparvarlik yuklari qabul qilgan. Bu haqda Karpatorti viloyati ma’muriyati xabar bergan.

Hudud rahbari Viktor Mikitaning so‘zlariga ko‘ra, hajmi 34 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk oblastdagi Yevropa gumanitar hablaridan biriga yetib kelgan. Uning tarkibidan dori-darmonlar, individual aptechka (dastlabki yordam uchun eng zarur dorilar to‘plami), uzoq muddat saqlanuvchi oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.

«Gumanitar yordam darhol qaynoq nuqtalarga yuboriladi», — degan hudud ma’muriyati rahbari.

Viktor Mikita O‘zbekiston hukumatiga ko‘rsatgan yordami va Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenkoga muvofiqlashtirish va samarali gumanitar yo‘lak uchun minnatdorchilik bildirgan.

«Ishonchim komilki, bu aloqalar bizga yanada samarali hamkorlik qilish imkonini beradi», — degan u.

Taklif etiladigan maqolalar

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *