“BIR SAHIFALIK JAVOB” yangi loyihasi haqida. (1-son)

Xalqaro huquqiy ishlarga oid savol-javoblar

Kirish

Konstitutsiyamizning muqaddimasida shunday deyilgan:

O‘zbekiston xalqi: Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida, o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.

Demak, yurtimiz xalqaro huquqning butun dunyoda tan olingan qoidalariga sodiqligini baralla ovoza qilib, ularning ustunligini tan olishga dunyo halqlari oldida va’da bergan. Shunday ekan, xalqaro huquqni mukammal organish va unga amal qilish bizdan talab etiladi. Globalizatsiya tufayli dunyodagi davlatlarning va xalqlarning bir biriga bogliqligi haddan tashqari kuchaygan bu davrda esa xalqaro huquqiy qoidalarsiz kun korishning ozi insonlar uchun amri mahol.

Misol uchun, ko’ylagimiz Vetnamda tikilgan, telefonimiz Amerikaning Kaliforniya shtatida dizayn qilingan va Xitoyda ishlab chiqarilgan, kungaboqar yog’i Argentinada yetishtirilgan, sut mahsulotlari Bolgariyadan, pardalar Turkiyadan, mashina shinalari Germaniyadan, sumkalarimiz esa Rossiyada ishlab chiqarilgan va hokazo. Shunday ekan, dunyo halqlari bu darajada yuksak rivojlangan global savdo, investitsiya va boshqa turdagi aloqalarni faqat va faqat malum bir qoidalar evazigagina amalga oshirishi mumkin. Chunki, qoidasiz hayotda anarxiya-boshbohsdoqlik yuzaga keladi. Davlatlararo kelishuvlar, qoidalar va ularning amaliyoti jamlanmasiga biz xalqaro huquq – international law deb ataymiz.  

Xalqaro huquqni o’rganish lozimligining yana bir sababi shuki, u ichki-mahalliy huquq tizimidan katta farqlarga ega. Xalqaro huquqda umumiy yurisdiksiyaga ega sud yoq, dunyo halqlarini vakillaridan tashkil topgan parlament umuman mavjud emas, ijro organi bolgan global hukumat esa also yoq. Unda xalqaro huquq – bu ozi huquq sohasimi deb o’ylab ham qolasiz. Chunki, global davlat yoki hukumat mavjud emas, va bu faktor o’z-o’zidan xalqaro huquqning manbalari bo’lgan xalqaro shartnomalar, odat huquqi, huquqning umumiy prinsiplarining har bir davlat tomonidan ijrosini murakkablashtirib yuboradi. Fikri ojizimcha, aynan shu faktor borligi uchun ham xalqaro huquq o’rganilishga loyiq fan sohasidir. Chunki, global ijro, qonunchilik va sud tizimi yo’q holatda ham xalqaro huquq mana bir necha asrdirki, rivojlanishdan va o’z tasir doirasini kengaytirishdan also to’xtagani yo’q.

Ushbu turkum suhbatlarimizda kamina Umirdinov Alisher, Nagoya iqtisodiyot universiteti o’qituvchisi, xalqaro maydonda yuz berayotgan voqea-hodisalarning xalqaro huquqiy tomonlarini tahlil qilaman va ularga shu soha mutahassisi o’laroq javob topishga harakat qilaman. Muhataram eshituvchilarimizdan esa izohlar, mulohazalar va yangi savollarni kutib qolaman.

                                                                                             Alisher Umirdinov,

                                                                                         Inuyama, Aichi, Yaponiya

                                                                                           2020 yil 25-Aprel, Juma

Taklif etiladigan maqolalar

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *