«O‘zbekiston DXR va LXRni tan olmaydi» – Abdulaziz Komilov (2022/03/17)

Senatorlar Senat yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi kun tartibi doirasida Tashqi ishlar vazirligining 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishdan boshladi. Ushbu masala yuzasidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’ruza qildi.

«Ukraina atrofidagi vaziyat O‘zbekistonda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. O‘zbekiston vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori. Buning uchun, birinchi navbatda, harbiy harakatlar, zo‘ravonliklar zudlik bilan to‘xtatilishi zarur. 

O‘zbekiston tarixan ham Rossiya bilan, ham Ukraina bilan ko‘p qirrali aloqalarga ega. Biz har ikki mamlakatlar bilan o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettiramiz.

Biz bugungi og‘ir kunlarda Ukrainaga gumanitar yordam beramiz va hozirgi og‘ir vaziyatni inobatga olib gumanitar yordam yuborishda davom etamiz.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmaymiz», dedi Komilov.

Taklif etiladigan maqolalar

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *