Turkiya Jumhuriyati Prezidentining O’zbekistonga safari davomida kelishilgan bitimlar (2022/03/29-30)

Rasm manbasi: www.prezident.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot imzoladilar.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi.
Jumladan:

– Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;

– Davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;

– Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;

– Sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;

– Qurilish sohasida anglashuv memorandumi;

– sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi;

– O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida Hamkorlik bitimi.

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an kooperatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish O‘zbekiston va Turkiya hamkorligining muhim yo‘nalishi ekanini qayd etdilar. Shu ma’noda, mamlakatlarimizning katta salohiyati va imkoniyatlarini, shu jumladan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya mexanizmidan faol foydalanish orqali ro‘yobga chiqarish zarurligi ta’kidlandi.

savdo diplomatiyasi masalasida esa Turkiya Prezidenti quyidagilarni takidladi. Matnning iznglizcha shaklini havola qilamiz:

Recalling that Türkiye was the first-ever country to recognize Uzbekistan’s independence and open embassy in Tashkent, President Erdoğan drew attention to the strong ties of common history, culture, language and faith as the basis of the relations between the two countries.

“We have promoted the relations between our countries to the Comprehensive Strategic Partnership level as a result of our talks,” the President said. “Our trade volume last year increased by nearly 72% to surpass $3.6 billion. I believe that we will obtain our $5 billion target in the shortest span of time – in a year as per our goal. Not making do with that, we will further raise the bar to the level of $10 billion with the steps we will take subsequently.”  

Turkiya rahbarining aytishicha, ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa tizimini yanada rivojlantirish kelishib olingan.

«Yana bir salohiyatli soha — mudofaa sanoati. Bugun imzolangan bitimlarda ham mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga kelishib olindi», degan Turkiya prezidenti.

Taklif etiladigan maqolalar

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *