YevroIttifoq xorijiy firmalarning ta’minot zanjiridagi inson huquqlari himoyasiga e’tiborni kuchaytiradi.(2022/02/26)

Yevropa Ittifoqi(YI) Komissiyasi 2022 yil 23-fevral kuni YI firmalarining, ularning xorijdagi taminot zanjiriga kiruvchi va ularga mahsulot yetkazib beruvchi firmalar zavodlarida inson huquqlarini himoyasini kuchaytirishga qaratilgan Directive on Corporate Sustainability Due Diligence loyihasini qabul qildi. Endi global taminot zanjirida bolalar mehnati yoki qullikda ishlatish kabi holatlar yuz bersa, YI firmalari ularni to’xtatishi, oldini olishi va muammoni hal etish uchun aniq chora-tadbirlarni ko’rishi kerak. Garchi biroz muddat ketsa, ushbu loyiha tez orada qonun darajasiga chiqishi mumkin.

Agar qabul qilinsa, ushbu qonunchilik akti YIning 13.000 ta firmasiga tadbiq etiladi. Asosan, 500 dan ortiq ishchini yollab, yillik aylanmasi 150 million Yevro bo’lgan firmalar asosiy ko’zlanadi.

YIni taqib qilgan holda boshqa riovjlangan davlatlar ham o’zlarining transmilliy firmalaridan taminot zanjiridagi inson huquqlariga jiddiy e’tibor berishni va xalqaro mehnat huquqlariga qat’iy rioya qilishni talab qilishni boshlashmoqda. Yaponiya ham ulardan biri.

Shunday ekan, O’zbekistonda o’zining shoxobchasi yoki bo’limi bo’lgan yoki O’zbekistondagi mahalliy firmalardan mahsulot yoki hizmatlarni sotib oluvchi G’arb firmalari endi yurtimizdagi firmalar ichidagi mehnat huquqlari masalasini jiddiy kuzatib borishini aslo unutmaslik kerak. Buni nafaqat hukumat darajasida, balki soni va hajmi tobora kengayib borayotgan xususiy firmalar ham o’zlarini jiddiy tahlil qilib, ko’zdan kechirishlari lozim. Yurtimizga yangi kirib kelmoqchi bo’lgan yirik xorij firmalarini-ku, aytmasa ham bo’ladi.

Unutmasligimiz kerak bo’lgan fakt bu – hali-hamon yurtimizga nisbatan Cotton Campaign nomi ostida yurtimiz paxtasini global firmalar tomonidan sotib olmaslikka undovchi kampaniya davom etmoqda va u hali ham tugagani yo’q. Hukumatdan bunday kampaniyani tugatishga oid amaliy qadamlarni kutish bilan birga(ular amalga oshirilayotganligiga shubha yo’q), xususiy firmalardan ham eksport bozorlarimiz joylashgan davlat qonunchiligini jiddiy kuzatib borishlarini tavsiya qilgan bo’lardim.

Manbalar:

  1. https://ec.europa.eu/commission/presscorner/detail/en/ip_22_1145
  2. https://www.whitecase.com/publications/alert/european-commission-issues-major-proposal-due-diligence-obligations-protect#:~:text=The%20Proposed%20Directive%20would%20impose,environment%20in%20the%20companies’%20own
  3. https://www.reuters.com/markets/commodities/eu-proposes-law-forcing-large-firms-check-suppliers-environment-human-rights-2022-02-23/
  4. http://www.cottoncampaign.org/a-changing-landscape-in-uzbek-cotton-production.html

Taklif etiladigan maqolalar

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *