COVID-19 ni jilovlash uchun olingan qattiq karantin choralari xorijiy investorlar huquqlarini buzib, davlatlarning xalqaro huquqiy javobgarligini yuzaga keltiradimi?(“BIR SAHIFALIK JAVOB” loyihasi 2-son)

      Juda o’rinli savol. COVID-19 pandemiysi tufayli kopgina davlatlar juda ham keng qamrovli favqulodda choralarni ko’rishmoqda: Ispaniya hususiy kasalhonalarni milliylashtirmoda; Yaponiyada mehmonhonalar kasallarni davolash uchun olinmoqda va uy ijarasini to’lay olmaganlar uchun kechiktirib to’lashga ruhsat berish imkoniyati ko’rib chiqilmoqda; sharqiy Evropa davlatlarida hususiy banklardan olingan kreditlar va ularning foizlari bo’yicha tolovlar kechiktirilmoqda; AQShda esa xususiy kompaniyalarga tibbiy jihozlar ishlab chiqarish bo’yicha president buyrug’i chiqdi; ko’pgina davlatlarda esa tibbiyot va zaruriy iste’mol mahsulotlairning eksportiga chegaralar qo’yilmoqda. Bularning hammasi ozmi ko’pmi xorijiy investor daromadini yo kamaytiradi, yoki umuman yo’qqa chiqarishi, bazan uni kasodga uchratishi ham mumkin.

   Xalqaro huquqda xorijiy investorlarning huquqlarini asosan 2 yol bilan himoya qilinadi: (1)diplomatic himoya(diplomatic protection);  (2) ikki yoki kop tomonlama investitsiyalarni himoya va qollab-quvvatlash bitimlari orqali (investment treaties). Biz (2) nuqtaga to’xtalamiz, chunki, hozirda asosan xorijiy investorlar aynan shunday bitimlar himoyasidan faol foydalanishadi. Bunday bitimlarda esa, agar mezbon (investitsiyani qabul qilgan davlat) investor manfaatiga zid keluvchi chora-tadbirni investitsiya bitimiga xilof ravishda qo’llasa, unda xorijiy investor mezbon davlatni xalqaro arbitraj (hakamlik sudlari)ga arz qila olish huquqiga bo’ladi. Bunday bitimlarda mezbon davlat xorijiy investor mol-mulkini noqonuniy ekspropriastiya qilmaslik (natsionalizatsiya), unga adolatli va teng rejimli himoyani taqdim etish, xorijiy investorni mahalliy investorlarga nisbatan kamsitmaslik kabi moddiy huquqiy majburiyatlarni o’z bo’yniga oladi. Investitsiya bitimlari dunyoda hozirda 3000 dan ziyod tuzilgan va O’zbekiston ham taraf bo’lgan bunday bitimlar soni hozirda 50 dan oshgan.   

         Endi asosiy masalaga yo’nalsak: Davlatlar tuzgan kopgina investitsiya bitimlarida kamsitishlarsiz tadbiq etilgan sog’liqni saqlashga oid choralarni arbitrajga da’vo qilib bo’lmaydi. Yoki bo’lmasam, davlatning o’ta muhim havfsizlik masalalariga oid holatlarda yoki jamoat sog’ligini saqlashda investitsiya bitimlari davlatlarning vakolatlariga chegara qo’ymaydi. Misol uchun, 2001 yilda Argentinada yuz bergan iqtisodiy inqiroz natijasida hukumat milliy valyuta hisoblanmish pesoni qadrsizlantirgan va bu holat Argentinaga qarshi chet ellik investorlar tomonidan ko’pgina arbitraj nizolarining qo’zg’atilishiga sababchi bo’lgan. Garchi, arbitraj qarorlari orasida birlik mavjud bo’lmasa ham, bir qism qarorlarda Argentina tomonidan olingan choralar ikki tomonlama investitsiya bitimlarini buzmasligi takidlangan.                 Lekin davlatlarga berilgan vakolatlarning ham xalqaro huquqda  o’z chegarasi bor. Agar ular qo’llagan choralar faqatgina xorijiy investorning biznesigagina ta’sir ko’rsatgan, ochiqdan ochiq kamsitish bilan va asossiz amalga oshirilgan bo’lsa, bunda mezbon davlat xatto pandemiya sharotida qo’llagan choralari yuzasidan ham xalqaro arbitraj sudlarida javob beradi. Va bunday holatning ehtimolligi tobora ortib bormoqda. Misol uchun, shu kunlarda Peru davlatining xorijiy investorlar sarmoyasiga qurilgan tez yurar yollarni bepul qilishi sarmoyadorlarni norozi qilmoqda va kelajakda investitsiya nizosiga sabab bo’lishi mumkin.[i] Shunday ekan, xulosa qilib aytish lozimki, sog’liqqa oid inqiroz davri bo’lishiga qaramay, davlatlar o’zlari qo’llaydigan karantin davri choralarining investorlar mol-mulkiga yetadigan tasirni  hisobga olishlari, yuqori darajada shaffoflik bilan harakat qilishlari va imkoni boricha, yuqori zarar ko’rish ehtimoli bo’lgan xorijiy investorlar bilan oldindan maslahatlashgan holda, chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etishlari lozim. Bo’lmasa, qanday og’ir inqrioz bo’lishiga qaramay kor-korona va asossiz chora-tadbirlar davlatlar boshiga milllonlab emas, balki milliardlab dollarlik nizolarni keltirib chiqarishi ehtimoli unchalik ham kam emas.

Taklif etiladigan maqolalar

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *